Maxfiylik siyosati
Dengiz: Meta reklama natijasini tahlil qiladigan, mijoz buyrug‘i va tasdig‘i bilan reklama yaratadigan va boshqaradigan, CRM va Instagram ma‘lumotlarini bir joyga yig‘adigan AI xizmat. Quyida qanday ma‘lumot bilan ishlashimiz yozilgan.
1. Xizmat ko‘rsatuvchi (ma‘lumotlar operatori)
YATT Nasiridinov Sunnatilla Oybek o‘g‘li, yakka tartibdagi tadbirkor. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan: 22.05.2024, ro‘yxat raqami 6101097. Manzil: O‘zbekiston, Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, Chig‘atoy, Oltish MFY, Oqsuv ko‘chasi. Email: sellersunnatuzum@gmail.com.
2. Qanday ma‘lumot yig‘amiz
- Hisob ma‘lumoti: ism, email, telefon raqam, Telegram username (ixtiyoriy), biznes nomi. Parol shifrlangan holda saqlanadi.
- Meta reklama ma‘lumoti (siz bergan ruxsatlar doirasida): reklama akkauntlari, sahifalar, kampaniya, guruh va reklama tuzilmasi va holati, xarajat, ko‘rsatuv, bosish, lid, auditoriya kesimidagi jamlangan ko‘rsatkichlar, video ko‘rsatkichlari, o‘zgarishlar jurnali, hisob va to‘lov holati (qarz, sarf, to‘lov usulining qisqa nomi, masalan «VISA *1234»; karta raqami Meta’dan olinmaydi va saqlanmaydi).
- Lid formalari: reklamangizdagi lid formalaridan kelgan mijoz javoblari (ism, telefon, email, savollarga javoblar), sizning kabinetingizda ko‘rsatish uchun.
- Instagram (agar ulasangiz): profil statistikasi (profilga o‘tishlar, obunachilar) va Direct suhbatlaridagi xabarlar vaqti (birinchi javob tezligini o‘lchash uchun). Xabar matni saqlanmaydi.
- CRM (agar ulasangiz: amoCRM, Bitrix24, 1C yoki webhook): lidlar, bosqich o‘zgarishlari, mas’ul menejer ismi, qo‘ng‘iroq va xabar vaqtlari, sotuv summasi. CRM’dan faqat o‘qiladi, unga hech narsa yozilmaydi.
- Telegram: bot orqali bildirishnoma uchun chat identifikatori.
- Sayt statistikasi (anonim): sayt ochilganda tasodifiy sessiya raqami, qaysi bo‘lim ko‘rilgani va qancha vaqt turilgani, forma va qo‘ng‘iroq/Telegram tugmalari bosilgani, manba (qayerdan kelgani), til va qurilma turi. Ism, telefon, IP manzil va forma maydonlariga yozilgan qiymatlar bu statistikaga yozilmaydi. Uchinchi tomon analitikasi (Google va boshqalar) ishlatilmaydi. Brauzerda «Do Not Track» yoqilgan bo‘lsa, statistika yig‘ilmaydi. Statistika 400 kundan keyin o‘chiriladi.
Biz Meta akkauntingiz parolini so‘ramaymiz. Reklama faqat siz buyruq berib, tasdiqlash tugmasini bosganingizdan keyin yaratiladi yoki o‘zgartiriladi.
3. Nima uchun ishlatamiz
- Dashboard, hisobot, menejerlar tezligi va AI tahlil va tavsiyalarni ko‘rsatish.
- Sizning buyrug‘ingiz va tasdig‘ingiz bilan reklama yaratish, byudjetni o‘zgartirish yoki to‘xtatish.
- Reklamadagi o‘zgarishlar va muammolar haqida xabar yuborish (saytda va Telegram’da).
- Roziligingiz bilan sifatli lid signalini Meta Conversions API orqali reklama akkauntingizga qaytarish.
- Siz bilan bog‘lanish va xizmatni yaxshilash.
Ma‘lumotlaringizni sotmaymiz va reklama maqsadida uchinchi tomonlarga bermaymiz. Meta’dan olingan ma‘lumot faqat sizga xizmat ko‘rsatish uchun ishlatiladi.
4. Mijoz telefon raqamlari
CRM va webhook hodisalaridagi telefon raqamlari bazada qaytarib bo‘lmaydigan shifrlangan (HMAC) ko‘rinishda saqlanadi. Meta’ga signal yuborish uchun SHA-256 hash tayyorlanadi va yuborilgach o‘chiriladi: Meta’ga ochiq raqam emas, faqat hash ketadi. Lid formalaridan kelgan raqamlar sizga qo‘ng‘iroq qilish uchun kabinetda ko‘rinadi va faqat sizning biznesingiz a‘zolariga ochiq.
5. Qayerda va qancha saqlaymiz
Ma‘lumotlar Supabase (AWS, Yevropa, Frankfurt) ma‘lumotlar bazasida saqlanadi, kirish rollar bo‘yicha cheklangan, maxfiy kalitlar alohida shifrlangan omborda. Hisob faol bo‘lguncha va undan keyin ko‘pi bilan 30 kun saqlanadi, so‘ngra o‘chiriladi. Qonun talab qilgan hisob-kitob yozuvlari bundan mustasno.
6. Huquqlaringiz
Ma‘lumotlaringizni ko‘rish, tuzatish, ko‘chirib olish yoki o‘chirishni so‘rashingiz, Meta, Instagram yoki CRM ulanishini istalgan vaqt uzishingiz mumkin (kabinet → Sozlamalar; Meta’da: Business Settings → Hamkorlar). O‘chirish tartibi: ma‘lumotni o‘chirish.
7. Uchinchi tomonlar
Xizmat ko‘rsatish uchun: Supabase (baza), Vercel (sayt), Meta va Instagram (reklama va profil ma‘lumoti), Telegram (bildirishnoma), siz ulagan CRM, va AI xulosa uchun Google (Gemini) yoki Anthropic (Claude). AI’ga faqat jamlangan reklama raqamlari va reklama matni (moderatsiya uchun) yuboriladi, mijozlarning ism va telefonlari yuborilmaydi. Parol xavfsizligini tekshirish uchun Have I Been Pwned xizmatiga parolning o‘zi emas, faqat xeshining 5 belgisi yuboriladi.
8. Aloqa
Savol va so‘rovlar uchun: sellersunnatuzum@gmail.com.