AI targetolog · Meta Ads + amoCRM

Lid emas, sotuv uchun.

AI reklamangizni kuzatadi va amoCRM’dagi natijadan o‘rganadi: qaysi lid sotuvga aylanganini Meta’ga qaytaradi, reklama aynan shunday mijozlarni qidiradi. Muammo bo‘lsa sizga xabar beradi.

Hozir 3–5 ta biznes bilan pilot. Joylar cheklangan.

Muammo

Meta lid sonini optimallaydi, sifatini emas

Lid ko‘p, sotuv kam

Reklama murojaat keltiradi, lekin ko‘pi sotuvga aylanmaydi. Hisobotda esa hammasi “lid” bo‘lib ko‘rinadi.

Meta natijani ko‘rmaydi

Qaysi lid sifatli, qaysi biri sotuv bo‘lgani CRM’da qoladi. Reklama tizimi esa o‘rganish uchun faqat lidning o‘zini biladi.

Qo‘lda har kuni qarash

Targetolog kampaniyalarni kuzatib, byudjetni qo‘lda o‘zgartiradi. Kechikish va xato pulga tushadi.

Qanday ishlaydi

Sifat signali reklamaga qaytadi

Bir marta ulaysiz, keyin tizim o‘zi ishlaydi.

01

Ulash

Meta va amoCRM’ni 5 qadamda ulaysiz. amoCRM’ga faqat o‘qish ruxsati beriladi.

02

Bosqichlar

Menejer amoCRM’da lidni belgilaydi: sifatli, uchrashuv, sotuv.

03

Signal

Bosqich Meta Conversions API orqali reklama tizimiga qaytadi.

04

Xabar va tavsiya

AI xarajat va natijani kuzatadi, muammo bo‘lsa xabar beradi va tavsiya qiladi. Qarorni siz qabul qilasiz.

Boshqaruv

AI xabar beradi, qaror sizda

1

AI xabar beradi

Reklama yoki rolik o‘chib qolsa, byudjet kam qolsa, xarajat keskin oshsa yoki lid narxi yomonlashsa, darhol ogohlantiradi.

2

Qaror sizda

Biznes egasi yoki targetolog qaror qabul qiladi. AI Meta reklamangizda hech narsani o‘zi o‘zgartirmaydi.

3

Sayt yoki Telegram

Ogohlantirish va kunlik hisobot saytda hamda Telegram botda keladi. Boshqarish ham shu yerdan.

Xavfsizlik

Pulingiz va ma’lumotingiz nazoratda

AI faqat ma’lumot va tavsiya beradi. Meta reklamangizda hech narsani o‘zi o‘zgartirmaydi.

Byudjet kam qolsa xabarByudjet tugab borayotganini oldindan aytamiz.
Xarajat va holat signaliXarajat tez oshsa yoki reklama o‘chib qolsa, darhol xabar yuboramiz.
amoCRM: faqat o‘qishCRM’dagi ma’lumotni o‘zgartirmaymiz. Telefon Meta’ga faqat hash ko‘rinishida boradi.
Har harakat jurnaldaKim yoki qaysi AI qarori nimani o‘zgartirgani yozib boriladi.
Istalgan vaqt uzishUlanishni uzsangiz token o‘chadi, so‘rasangiz ma’lumot ham o‘chiriladi.
Parol so‘ralmaydiMeta’ga ulash Facebook’ning rasmiy ruxsat oynasi orqali.

Pilot

Birinchi 5 biznesdan biri bo‘ling

Hozir 3–5 ta biznes bilan boshlayapmiz. Meta reklamasi va amoCRM’i bor biznes mos keladi.

  • Birinchi bosqichda faqat o‘qish: reklama va CRM natijasini tahlil qilamiz
  • Sifat signalini ulab, natijani raqamlarda o‘lchaymiz
  • Shartlar pilotda alohida kelishiladi

Ma’lumotlaringiz faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.

Savollar

Ko‘p so‘raladigan savollar

Meta akkauntimga kirish xavfsizmi?

Ulash Facebook’ning rasmiy ruxsat oynasi orqali bo‘ladi, parol so‘ralmaydi. Ruxsatni istalgan vaqt bekor qilishingiz mumkin.

CRM bo‘lmasa-chi?

Sifat signali CRM bosqichlariga tayanadi, shuning uchun hozircha amoCRM kerak. Boshqa CRM’lar keyinroq.

Natija kafolatlanadimi?

Yo‘q, va’da bermaymiz. Pilotda boshlang‘ich holatni o‘lchab, o‘zgarishni raqamlarda ko‘rsatamiz.

Narxi qancha?

Pilot shartlari alohida kelishiladi. Keyin oylik obuna rejalashtirilgan.